"Rossiya klublari O'zbekiston terma jamoasi a'zosini bepul qo'lga kiritishni xohlashmadi"

Narzulla Saydullayev
2 fev 2024, 11:54
Ayni paytda Qatardagi Osiyo kubogida ishtirok etayotgan Otabek Shukurov borasida xabar paydo bo'ldi.

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov Rossiya premer-ligasining bir qator klublariga taklif qilingandi, ammo ular 27 yoshli futbolchiga qiziqish bildirishmadi. Bu haqda rossiyalik jurnalist Konstantin Belov o'z telegram kanalida ma'lum qildi.

"Shukurov 2024 yil yanvar oyidan buyon erkin agent hisoblanadi. Uning oxirgi klubi "Fatih Karagyumryuk" bo'lgandi. Bu mavsumda o'zbekistonlik futbolchi 15ta o'yinda 1ta assist qayd etgandi. Transfermarkt portali uni 2,5 million evroga baholamoqda.

Tajribali futbolchini bepul qo'lga kiritishni hech qaysi klub xohlamagani hayratlanarli. Ko'ramiz, balki qaysidir klub yaxshiroq o'ylab ko'rar", - deb yozadi muallif.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia