Rossiya klubi "Nasaf" futbolchisi bilan shartnoma tuzganini e'lon qildi

Alisher
28 avg 2019, 13:49
"Nefteximik" yarim himoyachi Bobir Davlatov bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi. Davlatov yangi jamoasi tarkibida 11-raqam ostida harakat qiladi.

Futbolchi faoliyati davomida "Nasaf"dan tashqari "Mashal", "Jetisu", "Aktobe", "Nefteximik" va Toshkentning "Lokomotiv" klublarida o'ynagan.

Oldinroq, ushbu jamoaga yana bir o'zbekistonlik futbolchi Vagiz Galiullin o'tgani haqida xabar qilgan edik. 

Eslatib o'tamiz, Davlatov 2019 yilning birinchi yarmida Qarshining "Nasaf" klubi safida o'ynagan edi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: vk.com/fcneftekhimik