Rossiya futbolida ilk marta VAR tizimi ishlatildi

Eldor Akmurzayev
3 apr 2019, 22:15
Rossiya kubogining yarim finali doirasidagi “Ural” va “Arsenal” uchrashuvida mamlakat tarixida birinchi marotaba videoassistent referilar (VAR) ko'magidan foydalanildi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limida bosh hakam videotakrorlarga murojaat qildi va qo'polligi uchun mezbonlar a'zosi Petrus Bumalga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka berib, maydondan chetlatdi. O'yin esa 1:0 hisobida “Ural” foydasiga yakunlandi. Mazkur to'qnashuvning javob bahsi 15-aprelda o'tkaziladi.

Avvalroq, Rossiya Premer-Ligasi rahbarlari ishtirokida o'tkazilgan umumiy yig'ilishda VAR sistemasini mamlakat chempionatiga joriy etish masalalari ko'rib chiqilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com