Rossiya chempionati. “Lokomotiv” safarda qiyinchilik bilan g'alaba qozondi

23 noya 2019, 00:23
Rossiya premer ligasining 17-turida “Tambov” o'z uyida “Loko”ga mag'lub bo'ldi.

Saranskdai “Mordoviya Arena” stadionida kechgan bellashuvda muxlislar beshta golga guvoh bo'lishdi. Dastlab mehmonlar ikkita to'p farqi bilan oldinga chiqib olishsada, maydon egalari osonlikcha taslim bo'lishni istashmadi va ikki gol bilan javob berishning uddasidan chiqishdi. Ammo 55-daqiqada Krixovyak o'zining ikkinchi, jamoasining uchinchi golini “Tambov” darvozasiga yo'llab, “Lokomotiv”ning safardan uch ochko bilan qaytishini taminladi -2:3.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia