Rossiya. 22-tur. SSKA safarda Anjini yirik hisobda mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
24 mar 2014, 20:01
Rossiya chempionatining 22-turida SSKA safarda Anjini mag'lub etdi (3:0).
Rossiya chempionati

O'yinda mehmonlarning afrikalik legionerlari gol urishdi. Seydu Dumbiya dublga erishdi, Ahmad Musa esa bitta to'p kiritdi.

Hamyurtimiz Odil Ahmedov "Anji"ni sardor sifatida maydonga boshlab tushdi va to'liq o'ynadi.

22-tur
Anji – SSKA  0:3
24 mart, 18.00, Anji-Arena
Gollar:
0:1 – 26 Dumbiya,  0:2 – 51 Dumbiya,  0:3 – 76 Musa.
Anji – Kerjakov, Agalarov, Gadjibekov, Grigalava, Eshenko, Odil Ahmedov, Aliev (Smolov, 75), Mkrtchyan (V.Bistrov, 46), Maksimov, Bilyaletdinov, Buxarov (Serderov, 62).
SSKA – Akinfeev, Fernandes, V.Berezuckiy, Ignashevich, SHHennikov, Dzagoev, Elm, Toshich (Vernblum, 57), Milanov (Cuber, 74), Musa, Dumbiya (Bazelyuk, 87).
Ogohlantirishlar: Fernandes (33), Elm (62), Milanov (65).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia