Ronalduning mashinasi yo'l-transport hodisasiga uchradi

Mirjalol Normatov
20 iyun 2022
"La Vanguardia" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" forvardi Krishtianu Ronalduga tegishli bo'lgan "Bugatti Veyron" avtomobili yo'l-transport hodisasiga uchragan.

Bu holat 20 iyun kuni Malorkada sodir bo'ldi. Mashina gaz ballonlari saqlanadigan kichik binoga biroz urilgan. Ayni damda oilasi bilan Malorkada xordiq chiqarayotgan portugaliyalik forvardning o'zi mashinada bo'lmagan. Hodisa sababli jabrlanganlar yo'q. Policiya ma'lumotiga ko'ra, haydov davomida haydovchi biroz xushyorlikni yo'qotgan.

Yakunlangan mavsumda Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" tarkibida 39 o'yinda 24 gol va 3 assist qayd etdi.

"Bugatti Veyron" avtomobilini Ronaldu 2021 yili sotib olgan va bu dunyodagi eng qimmat avtomobil hisoblanadi. Eng qizig'i shundaki, bu avtomobil dunyoda faqatgina bitta.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Vanguardia