YCHL. Ronalduning gollari soni butun “Atletiko”ning gollari bilan tenglashdi

Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu YCHL 1/8 finalida “Lion”ga qarshi bellashuvda ushbu turnirdagi 130-golini kiritishga erishdi.

Ushub ko'rsatkich bo'yicha Ronaldu Madridning “Atletiko” klubi bilan tenglashib oldi. YCHL tarixida jami 22 ta jamoa Ronaldudan ko'proq gol urishning uddasidan chiqqan.

Shuningdek, Ronaldu 94 yildan buyon bir mavsumda eng ko'p gol urish bo'yicha “Yuventus”ning rekordini ham yangilashga muvaffaq bo'ldi. 


Manba: championat.com