Ronalduning "Al Nassr" bilan shartnomasida yashash uchun dang'illama uy, Portugaliya va Ispaniyaga parvoz qilish uchun samolyot ajratilishi ko'rsatilgan

Sherzod Nurmatov
3 yanv 2023, 14:41
Krishtianu Ronaldu "Al Nassr"da ko'plab imtiyozlarga ega bo'ladi.

Yiliga 90 million dollarlik maosh, homiylik va tijorat shartnomalari bilan 200 million dollargacha yetishi mumkin bo'lgan maoshdan tashqari Saudiya Arabistoni klubi portugaliyalikka bir qancha qulayliklar yaratib berdi.

"Marca" xabariga ko'ra, 37 yoshli futbolchining bitimida hashamatli uyda istiqomat qilish, Portugaliya va Ispaniyaga parvozlar uchun samolyot, shuningdek, Ronaldu va uning oilasi barcha ehtiyojlariga e'tiborni kuchaytirish keltirilgan.

Oldinroq "Al Nassr" Ronaldu nomi tushirilgan barcha liboslarni bir soat ichida sotib bo'lgani ma'lum qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca