

Qayd etilishicha, “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu turinliklarga “Real”dan 22 yoshli Marko Asensioni sotib olishni maslahat bergan. Asensio ham “Real”ni tark etishga tayyor. Boisi u Solari qo'l ostida doim ham asosiy tarkibdan o'rin ola bilmayapti. Asensio joriy mavsum “Real” safida 18 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



