Ronaldu "Yuventus" futbolchilarini jamoaviy kechki ovqatga taklif qiladi

18 noya 2019, 20:20
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari bilan aloqani mustahkamlash niyatida.

Krishtianu "Milan"ga qarshi o'yinda almashtirilganidan keyin qo'pol tarzda maydonni tark etib, klubdoshlarini ham hafa qilgandi. 

"TuttoJuve" nashri ma'lumotiga ko'ra, portugaliyalik jamoaviy kechki ovqat uyushtirishni rejalashtirgan. 

Qayd etish kerakki, avvalari u bunday rasmiy bayonot bermagan va bu ishora ramziy manoga ega bo'ladi. 

Oldinroq xabar qilinganidek, "Yuventus" "Milan"ga qarshi o'yinda almashtirilganidan keyin, o'zini yomon tutgan Ronalduni jazoga tortmaydi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: tuttojuve.com