

Mukofot uchun Joau Kanselu (Manchester Siti), Krishtianu Ronaldu (Manchester Yunayted), Antonio Ryudiger (Chelsi), Allan Sen-Maksimen (Nyukasl), Muhammad Saloh (Liverpul) va Ismail Sarr (Uotford) da'vogarlik qilishmoqda.
So'rovnoma APL rasmiy saytida 4 oktyabrga qadar o'tkaziladi, shundan so'ng g'olib nomi ma'lum bo'ladi.
Avgustda Angliya chempionatining eng yaxshi o'yinchisi deb "Vest Xem" hujumchisi Maykl Antonio tan olingandi.




