Ronaldu umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi va "Atletiko" bilan o'yinga tayyorlanmoqda

24 noya 2019, 21:00
"Yuventus" bugun Chempionlar ligasi 5-turida "Atletiko" bilan bo'ladigan o'yin uchun tayyorgarlikni boshladi.

Jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu umumiy guruhda to'liq mashg'ulot o'tkazdi. U "Atalanta"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi. "Yuve" ustozi Mauricio Sarrining so'zlariga ko'ra, Ronalduning tizzasida og'riq bo'lgan. 

"Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabo va himoyachi Aleks Sandro bir qancha cheklovlar bilan ishlashdi. 

"Atalanta"ga qarshi o'ynagan futbolchilar tiklanish mashqalarini o'tkazishdi. Qolganlar esa to'liq hajmda mashq qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: juventus.com