Ronaldu ser Aleks va MYUdagi 7-raqam haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
5 noya 2022, 08:15
Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ning 7-raqami haqida gapirdi.

"Ushbu klubda 7-raqam qanday ahamiyatga ega ekanligini butun dunyoda bilishadi. Boshida klub bilan shartnoma tuzayotganimda, to'la stadionni kutib juda hayajonlanganman. Muxlislarning futbolga bo'lgan munosabati meni hayratda qoldirgan. 

Ser Aleks Fergyuson menga "Sen 7-raqamni olasan" degan. Bu men xech qachon esdan chiqarmaydigan holat bo'lgandi. Men ushbu klubdagi 7-raqam qay darajada muhim ekanligini tushunardim. O'z navbatida bu juda yoqimli bo'lgan. Mana shunday tajribali inson va murabbiy menga ushbu libosga mos ekanligim haqida aytgandi", - dedi Ronaldu. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: manutd.one