Ronaldu Saudiya Arabistoni klubining rekord darajadagi taklifini rad qilgan

Sherzod Nurmatov
13 sen 2022, 14:43
Yulduzli portugaliyalikka Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tish uchun odamni aqldan ozdiruvchi pul taklif etilgan.

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozda Saudiya Arabistoni klubiga o'tishdan bosh tortgan.

Manbaga ko'ra, nomi oshkor etilmagan klub 37 yoshli portugaliyalik futbolchiga yiliga 243 million evro taklif etgan, bu esa avtomatik tarzda uni dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantiradi. Biroq futbolchi bu taklifga rad javobini bergan.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu o'ziga berilgan o'yin vaqtidan nihoyatda norozi, qishda esa hujumchi Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tish haqida o'ylashi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror