

"Al-Nassr" klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni futboli darajasi o'sganini ta'kidladi.
"Ko'pchilik insonlar o'z fikrlarini aytishadi, ammo ularning ko'pchiligi futbolni umuman tushunishmaydi. Bu yerda futbol so'nggi 10-15 yilda o'zgardi. Barcha jamoalar juda yaxshi tayyorlangan, kurashishga tayyor. Jahon chempionati haqida gapirsak, Saudiya Arabistoni – chempionlarni mag'lubiyatga uchratgan yagona terma jamoa. Buni unutmang.
Jahon chempionatida juda ko'p syurprizlar bo'ldi: masalan, Janubiy Koriya, Afrika jamoalar, Kosta-Rika Ular ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Hozirgi kunda o'yinlarda g'alaba qozonish shunchaki bo'lmaydi", -deydi Krishtianu Ronaldu.



