Ronaldu qatorasiga 11 yildan beri 40+ gol urmoqda

Eldor Akmurzayev
31 okt 2021, 07:30
APL 10-turida “Manchester Yunayted” safarda “Tottenxem” ustidan ishonchli hisobda zafar quchdi – 3:0!

Mehmonlar safida gollardan birini Krishtianu Ronaldu o'z hisobiga yozdirdi. Bu portugaliyalikning 2021 yil klub va terma jamoa safida urgan 40-goli bo'ldi. Ronaldu ketma-ket 11 yildan 40+ gol urib kelmoqda.

2010 yilda - 48 ta gol, 2011 - 60, 2012 - 63, 2013 - 69, 2014 - 61, 2015 - 57, 2016 - 55, 2017 - 53, 2018 - 49, 2020 - 44, 2021 - ayni dam 40 ta.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN