Ronaldu o'ynamagani uchun koreyalik muxlislar tashkilotchilarni sudga berishmoqchi

Mirjalol Normatov
31 iyul 2019, 22:36
Janubiy koreyalik muxlislar K-Liga Yulduzlari hamda "Yuventus" jamoalari ishtirokidagi uchrashuv tashkilotchilari bilan sudlashishmoqchi.

Gap shundaki, 60 ming muxlis ushbu uchrashuvga tashrif buyurdi va ular Ronalduning o'yinini tomosha qilishmoqchi bo'lishgan. Shartnomaga ko'ra, Krishtianu o'yinda kamida 45 daqiqa o'ynashi shart bo'lgan va o'yindan keyin avtograf sessiyada qatnashishi kerak edi.

Advokat Kim Min-Gi uchrashuv tashkilotchilariga har bir muxlisga chiptalardan 52,40 evrodan, "ruxiy bosim" uchun 0,76 evrodan va shuningdek, 760 evrodan komissiya puli to'lash sharti borasida arznoma tayyorladi.

"Yuventus" rahbariyati esa Krishtianu Ronalduning jarohati bois o'yinga tushmaganini aytishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia