

"Bazida markaziy hujumchi sifatida ko'rinishim mumkin, ammo hech qachon bu rolda bo'lmayman. Men hozir "Sporting" yoki "Manchester Yunayted"dagi futbolchi emasman. U yerda dribling qilib, jarima maydonchasiga to'p uzatadigan toza qanot o'yinchisi edim. Ammo keyinroq futbolni boshqacha tushuna boshladim. Gol urishim uchun raqib darvozasiga yaqinroq joyda o'ynashim kerak, biroq menga ko'proq erkinlik lozim" - deydi Ronaldu.


