Ronaldu Marca nashri talqiniga ko'ra 2015/16 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
8 noya 2016, 08:16
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha Alfredo Di Stefano nomidagi sovrin topshirildi.
31 yoshli futbolchi Marca talqiniga ko'ra 2015/16 yilgi mavsumda Ispaniya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O'tgan mavsum ajoyib o'tdi. Yaratgan harakat qilganlarga yordam beradi, – deydi Ronaldu.

O'tgan mavsumda Real kumush medallarga ega chiqdi, Ronaldu esa 35ta gol urdi va 11ta golli pas oshirdi.

Portugaliya terma jamoasi sardori to'rtinchi marta shunday sovrinni qabul qilib oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/LaLiga