"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida maydonga tusha oladi.
"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zineden Zidanning ma'lum qilishicha, Ronaldu ushbu o'yinga 100% tayyor. Karim Benzema "Manchester Siti"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.