Ronaldu: "Kimdir shunchaki 1-2 yil yaxshi o'ynaydi. Kuchlilar esa yillar davomida o'zini ko'rsatadi"

Aziz Tukhtamuradov
18 may 2021, 07:50
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Erling Xoland va Kilian Mbappe haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Aynan kim eng yaxshi bo'ladi degan savolga kimnidir tanlab, javob berish qiyin. Lekin yangi avlod futbolchilarini kuzatish qiziq bo'ladi. Erling Xoland va Kilian Mbappe kabi yuqoriga intilayotgan futbolchilarni. 

Bazi futbolchilar faqat 1-2 mavsumda yaxshi o'ynashi mumkin. Uzoq yillar davomida yaxshi o'ynaydigan futbolchilar - haqiqatdan ham kuchlidir. Bu esa oson emas.

Bu katta mehnat talab qiladi", - dedi Ronaldu. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: goal.com