Ronaldu ketma-ket 10ta uchrashuvda gol urgan "Yuventus"ning ilk futbolchisi bo'ldi

Mirjalol Normatov
9 fev 2020, 10:56
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya doirasida "Verona"ga qarshi o'yinda to'p kiritishga erishdi.

"Gracenote" xabariga ko'ra, Ronaldu "Yuventus" tarixida chempionatning ketma-ket 10ta o'yinida darvozani ishg'ol qilgan ilk futbolchiga aylandi.

A Seriya tarixida bunday rekord oldin ham qayd etilgan. 1962/63 yilgi mavsumda "Bolonya" futbolchisi Ecio Paskutti ketma-ket 10 chempionat o'yinida gol urgandi. Bu boradagi rekord esa 1994/95 yilgi mavsumda ketma-ket 11 o'yinda to'p kiritgan "Fiorentina"ning sobiq futbolchisi Gabriel Batistutaga tegishli.

Ronaldu ushbu mavsumda barcha turnirlarda 28 o'yinda 23 gol urdi va 3 assistentlikni qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Gracenote