

"Cyurixda "Barselona" yo'qligidan xafa emasman. Bu haqda gapirishimning sababi, taqdirlash marosimi ular bilan chiroyliroq bo'lar edi. Ammo har doimgidanda mamnunroqman. O'z g'alabamdan so'ng xafa bo'lolmayman" - deydi Ronaldu.
"Barselona" futbolchilari "Atletik"ka qarshi Ispaniya Kubogi 1/8 final javob bahsiga tayyorlanish uchun Cyurixga uchishmadi. Birinchi bahsda kataloniyaliklar 1:2 hisobida mag'lub bo'lishgan.



