Ronaldu barcha davrlar to'purarlari orasida kuchli o'nlikka kirdi

Narzulla Saydullayev
29 mar 2017, 22:50
Shvetsiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida Krishtianu Ronaldu terma jamoa safidagi 138-uchrshauvda 71-golini urdi.

Shu tariqa, 32 yoshli futbolchi terma jamoa safida gol urish borasida Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Miroslav Kloze, Tailand sobiq a'zosi Kiatisak Senamuang va Saudiya Arabistoni sobiq futbolchisi Majid Abdullaga yetib oldi. Krishtianu hozircha ro'yxatda 10-o'rinda bormoqda.

Reytingda Eron terma jamoasi sobiq hujumchisi Ali Dayi birinchi o'rinda. U 149ta xalqaro o'yinda 109ta gol urgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com