Ronaldu 20 ming evro choychaqa tashlab ketdi

Aslanov Jasurbek
20 iyul 2018
"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Peloponnesedagi Gretsiya mehmonxonasi xodimlariga 20 ming evroga yaqin choychaqa qoldirdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 33 yoshli futbolchi Costa Navarino mehmonxonasidagi xizmatdan juda xursand bo'ldi. Ronaldu xodimlarni katta pul bilan taqdirlashga qaror qildi. Portugaliyalik Peloponnesedagi tatili paytida "Yuventus" bilan shartnoma imzolagan edi.

"Yuventus" "Real"ga Ronaldu uchun 112 mln. evro to'laydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun