Ronaldu 12ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin

Narzulla Saydullayev
14 avg 2017, 07:21
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu Barselonaga qarshi o'yinda (3:1) qizil kartochka oldi.

32 yoshli portugaliyalik futbolchi bosh hakam Rikardo Bengoecheani turtib yuborgani uchun 12ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin. Chetlatilgan futbolchi norozi bo'lib meni salgina turtib chiqib ketdi, – deb yozilgan o'yin hakami raportida.

Ispaniya futbol Federatsiyasi reglamenti bo'yicha hakamni turtgan futbolchini 4-12ta o'yingacha diskvalifikaciya qiladi.

Agar Ronaldu kamida 5ta o'yinga chetlatilsa bu barcha musobaqalarga ta’sir qiladi. Agar 4 va undan kam o'yin berilsa faqat mamlakat Superkubogi uchun bahsga ta’sir qiladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com