Ronaldo "El Klasiko" haqida: "Yakuniy natija meni juda hayratda qoldirdi"

Sherzod Nurmatov
22 mar 2022, 19:41
"Real" va "Barselona" sobiq hujumchisi Ronaldo yakshanba kungi "El Klasiko" haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, "ko'k-anorranglilar" "Santyago Bernabeu"da 4:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

"Yakuniy natija meni juda hayratda qoldirdi. Ispaniya futbolini kuzatib boraman, "Barsa" boshdan kechirgan inqiroz haqida xabarim bor, biroq Xavi kelishi bilan jamoa ancha kuchaydi.

Ular juda tajovuzkor o'ynash bilan birga, tartibli pressingni amalga oshirishmoqda va o'zlarining ananaviy darajasini ko'rsatishmoqda. Bu "Barsa" juda yaxshi ko'rinyapti", – dedi braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com