Ronaldinyo: Yana bir yil futbol o'ynamoqchiman

Narzulla Saydullayev
8 sen 2016, 09:01
Barselona va Braziliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Ronaldinyo yaqin orada professional faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi.

Men qarib qoldim, 36 yoshdaman. 26da emasman. Taxminan bir yil futbol o'ynamoqchiman. Futbol va qo'shiqchilik borasida rejalarim bor, bu ikkalasi mening eng yaxshi ko'rgan soham, – deydi Ronaldinyo.

2015 yilda Fluminenseni tark etgach, Ronaldinyo hamon klubsiz yuribdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com