Ronaldinyo: "O'z vaqtida "Manchester Yunayted"ga o'tishim mumkin edi"
Narzulla Saydullayev
9 apr 2017, 20:20
"Barselona" yarim himoyachisi Ronaldinyo o'z vaqtida "Manchester Yunayted"dan taklif bo'lganini aytib o'tdi.
- O'z vaqtida "Manchester Yunayted"ga o'tishim mumkin edi. Ammo "Barselona" rahbariyatini hurmat qilganim uchun qolgandim. Angliyada o'ynamaganimdan afsusda emasman. Biroq premer-liga – g'aroyib musobaqa, - deydi Ronaldinyo Goal.com nashriga.