Braziliyalik hujumchi Ronaldinyo “Atletiko Mineyro” klubi bilan birgalikda Libertadores Kubogi-2013 g'olib bo'lganini izohlab berdi.
“Men Braziliyaga kelib Libertadores Kubogida g'olib bo'lganligimdan juda xursandman. Men aynan shu uchun Braziliyaga qaytgan edim. Menga aynan shu musobaqa g'olibligi yetishmayotgan edi”, - futbolchining so'zlarini keltiradi Globo.