Ronaldinyo Grozniyga tashrif buyuradi

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2017, 22:34
“Axmat” jamoasi menejeri Aleksandr Fedoseev jamoasining yangi mavsumning ilk uchrashuvida tashkil etiladigan tadbirlar haqida gapirdi.

“Ronaldinyo haqiqatan ham Rossiya chempionatining 1-turidan o'rin olgan “Axmat”- “Amkar” uchrashuviga tashrif buyuradi. U faxriy mehmon sifatida uchrashuvni tribunadan kuzatadi.

Uning ishtirokida qandaydir master-klas rejalashtirilganmi? Yo'q. Ammo u matbuot anjumanida qatnashadi. Mavsumning ilk uchrashuvida shuningdek, bayram dasturi o'tkaziladi va unda Rossiya estradasi yulduzlari ishtirok etadi”, deydi Fedoseev.

Rossiya chemapionatining ilk turini “Axmat” klubi 16 iyulda “Amkar”ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «Известия»