Romelu Lukaku "Chelsi"ning "Real"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuboradi

Alisher
11 apr 2022, 17:38
"Chelsi" hujumchisi Romelu Lukaku jamoaga "Real"ga qarshi Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsidagi o'yinda yordam bera olmaydi.

O'yinchida jarohat bor va u shu sabab "Sautgempton" (6:0)ga qarshi 9 aprel kungi o'yinni o'tkazib yubordi. Belgiyalik Chempionlar Ligasidagi o'yinni ham o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, "Real" Londonda o'tgan ilk bahsda "Chelsi"ni 3:1 hisobida mag'lub etgan edi. Javob o'yini 12 aprel kuni bo'lib o'tadi.

Lukaku 2021/22 yilgi mavsum "Chelsi" tarkibida 36ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph