“Roma” xavbeki Avstraliya TJ safida JCH-2022'da qatnashishdan voz kechdi

Eldor Akmurzayev
9 noya 2022, 09:15
Bu haqda "Football Italia" xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Roma” yarim himoyachisi Kristian Volpato Avstraliya termasi bilan Qatardagi mundialda ishtirok etish imkoniyatini qo'ldan chiqardi.

2 ta fuqaroligi bo'lgan (Italiya bilan birga) 18 yoshli xavbek Avstraliya TJ chaqiruvini qabul qilmadi va kelajakda “Skuadra Azzurra”da faoliyatini davom ettirishni xohladi.

Eslatib o'tamiz, Roberto Manchini shogirdlari pley-offda SH.Makedoniya to'sig'idan o'ta olmadi. Avstraliyaga esa jahon chempionati guruh bosqichida Fransiya, Daniya va Tunis raqiblik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia