"Roma" vakillari "Chelsi" futbolchisi bilan shartnoma imzolash uchun Londonga bordi

Mirjalol Normatov
25 avg 2023, 20:13
"Roma" xo'jayinlari "Chelsi" bilan Romelu Lukakuning ijarasi borasida muzokaralarni boshladi.

Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, Rim klubidagilar londonliklar bilan futbolchining ijara summasi borasida kelishuvga erishishmoqchi. Agarda kelishuvga erishilsa, Lukakuning maoshi uchun tezlik bilan muzokaralar o'tkaziladi.

"Roma"dagilar ushbu transferning amalga oshishiga ishonishmoqda. Chunki Lukaku "Chelsi"ga kerak emas va hujumchi uchun jamoa izlanmoqda.

O'tgan mavsumni Lukaku ijarada "Inter"da o'tkazib, A Seriyada 10ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano