

Rimliklar terma jamoamizning sardorini sotish bo'yicha ishlarni olib bormoqda. “Bo'rilar“ 29 yoshli futbolchining transferidan 7-8 million evro ishlab olmoqchi. Bu haqida Sky Sport nashri xabar bermoqda.
Hozircha Eldorga Turkiyaning “Istanbul Bashakshexir“ jamoasi asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Shuningdek, Eldorning xizmatlariga Fransiyaning “Renn“ klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Roma“ Eldorni 2021 yilda “Jenoa“dan 19,6 million evroga sotib olgandi.



