"Roma" New Balance mijoziga aylanishi mumkin

Sherzod Nurmatov
26 dek 2020
"Roma" Nike bilan 2024 yilgacha tuzilgan shartnomani bekor qildi, klub kompaniyadan bir mavsum uchun kamida 4 million evro olardi.

Kelishuvda Chempionlar Ligasida qatnashmagani sababli rimliklarga qarshi jarimalar ko'zda tutilgan edi. "Bo'rilar" o'tgan mavsumda Yevropa Ligasida o'ynashdi, bu yil esa – musobaqaning 1/16 finaliga chiqishdi.

Klub yangi texnik homiy bilan shartnoma tuzmoqchi va New Balance bilan muzokaralar olib bormoqda, deb xabar bermoqda Corriere dello Sport.

Amerika kompaniyasi "Roma"ga 4 million evro, forma va atributlar savdosidan tushgan mablag'ning katta qismini to'lashga tayyor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport