"Roma" muxlislari Rimda "Chelsi" ishqibozlariga hujum qilishdi

Aslanov Jasurbek
31 okt 2017, 18:14
"Roma" ishqibozlari "Chelsi"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-tur uchrashuvidan oldin mehmon jamoa muxlislariga hujum qilishdi.

Ingliz muxlislari Rimdagi barlardan birida dam olayotganida "Roma" ishqibozlari niqoblarda hujum qilishgan. Ma'lumotlarga ko'ra, jiddiy shikastlanganlar yo'q.

Voqea joyiga yetib kelgan policiya kuzatuv kameralarining yozib olgan videosini ko'rib, "Roma" muxlislari harakatining ikki a'zosini hibsga olgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia