Roma Klaudio Ranerining o'rniga ikkita nomzoddan birini tanlaydi

Khoja
8 apr 2025, 09:23
Yozda murabbiylik faoliyatini yakunlashini e'lon qilgan Klaudio Ranerining o'rniga Roma murabbiy izlashda davom etmoqda.

Il Messaggero nashri xabar berishicha, rimliklar Mauricio Sarri va Stefano Pioli nomzodlaridan birini tanlashi lozim.

Eslatib o'tamiz, Stefano Pioli ayni vaqtda Al Nassr ustozi hisoblanadi. Biroq oxirgi vaqtlarda uning Ronaldu bilan munosabatlari buzilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Sarrining esa so'nggi ish joyi Rimning boshqa jamoasi Lacio hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: romapress.net