"Roma" Jigoga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2022
"Spartak" klubining fransiyalik himoyachisi Samuel Jigo jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, himoyachining transferiga "Roma" qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq Jigoga "Beshiktosh", "Marsel", "Galatasaroy", "Sent-Eten" va "Torino" kabi klublar qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Eslatib o'tamiz, futbolchining “Spartak” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

Jigo joriy mavsumda RPLda 16 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TransferMarketWeb