"Roma" Fonseka bilan shartnomani uzaytiradi, faqat bitta shart bilan

Sherzod Nurmatov
20 noya 2020, 20:27
Paulu Fonsekaning "Roma" bosh murabbiyi sifatidagi kelajagi ushbu mavsum oxirida aniqlanadi, deb yozmoqda Football Italia.

Manbaning xabariga ko'ra, agar "bo'rilar" A Seriyani kuchli 4 likda yakunlab, Chempionlar Ligasiga yo'l olishsa, 47 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma bir yilga uzaytiriladi.

Tomonlar o'rtasidagi amaldagi kelishuv kelasi yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.

Eslatib o'tamiz, Fonseka "Roma"ni 2019 yilning iyunidan beri boshqarib kelmoqda. Rimliklar 7 tur natijalariga ko'ra, Italiya chempionatida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia