"Roma" Demiralga qiziqmoqda

Alisher
25 iyun 2021
"Yuventus" himoyachisi Merix Demiral yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

"Roma" o'yinchiga qiziqish bildirmoqda. "Yuventus" esa Merixning sotuvidan 40 million evro ishlab olmoqchi.

23 yoshli Demiral "Yuventus" tarkibida o'tgan mavsum 24ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

Turkiyalik futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio