Roma bir qancha tanaffusdan so'ng YCHLda ishtirok etadigan bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
20 apr 2014, 08:41
Roma Italiya A seriyasining 34-turida Fiorentina ustidan g'alaba qozondi.
Shu tariqa jamoa kelasi mavsumda Chempionlar Ligasidagi ishtirokni naqd qilib qo'ydi.

Ushbu ishtirok klub tarixidagi sakkizinchisi bo'ladi.
So'nggi marotaba rimliklar ushbu musobaqada 2010/11 mavsumda ishtirok etgan edilar. O'shanda "bo'rilar" 1/8 finalda "Shaxtyor"ga imkoniyatni boy berib qo'yishgan edi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru