"Roma" Belotti bilan shartnoma imzolamasa, Azmunga qiziqishni tiklaydi

Alisher
8 iyun 2021, 15:30
"Roma" rahbariyati yozgi transfer oynasida hujumchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Poytaxt klubining transfer maqsadi "Torino" forvardi Andrea Belottidir. "Bo'rilar" Turin klubiga taklif berishdi, ammo rad javobini olishdi.

Agar Belottining transferi amalga oshmasa, "Roma" "Zenit"da o'ynayotgan Syerdar Azmun variantiga qaytadi.

26 yoshli futbolchining klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Azmun o'tgan mavsum RPL doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport