"Roma" "Barselona", "Milan" va "Chelsi" bilan Pedrasa uchun kurashga qo'shildi

Alisher
19 iyul 2021, 10:37
Rimning "Roma" klubi "Vilyarreal" himoyachisi Alfonso Pedrasani o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Manbaning xabariga ko'ra, "bo'rilar" bu borada jiddiy raqobatga kirishishiga to'g'ri keladi.

25 yoshli futbolchi uchun shuningdek "Milan", "Barselona", "Bayer" va "Chelsi" klublari da'vogarlik qilmoqda.

Pedrasa - "Vilyarreal" tarbiyalanuvchisi. U o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi. Uning "Vilyarreal" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato