"Roma" "Arsenal" o'yinchisini nishonga oldi

Alisher
25 dek 2021
"Arsenal" xavbeki Eynsli Meytlend-Nayls faoliyatini boshqa Yevropaning top-chempionatida davom ettirishi mumkin.

24 yoshli futbolchiga "Roma" qiziqish bildirmoqda. Rim klubi futbolchini joriy mavsum so'nggiga qadar ijaraga olmoqchi. Tomonlar muzokaralar olib borishmoqda.

Eynsli 2017 yilning iyulidan beri "kanonirlar" tarkibida o'ynamoqda. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic