"Roma" 15 futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin

Eldor Akmurzayev
8 iyun 2021, 20:25
Rimliklar yozgi transfer oynasida jamoaning ko'plab a'zolarini qo'yib yuborishi kutilmoqda.

Klub rahbariyati 15 ga yaqin futbolchini sotmoqchi. Ushbu ro'yxatdan quyidagi o'yinchilar o'rin olgan: Alessandro Florenci, Robin Olsen, Stiven Nzonzi, Jastin Klyuyvert, Jengiz Under. Ularning barchasi yakunlangan mavsumni ijarada o'tkazishdi.

Shuningdek, Xaver Pastore, Davide Santon, Federiko Fasio, Pau Lopes, Karles Peres va Amadu Diavara ham Joze Mourinyuning rejalariga kirmaydi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport