Roys "Borussiya" bilan shartnomani 2019 yilgacha uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
10 fev 2015, 17:51
Dortmundning "Borussiya" klubi Marko Roys bilan shartnomani 2019 yilgacha uzaytirganini ma'lum qildi.

So'nggi paytlarda unga "Real", "Barselona", "Manchester Yunayted", "Bavariya" va boshqa klublardan qiziqish bo'layotgandi.

Kicker, nashrining xabariga ko'ra Roysning yangi shartnomasida transfer narxi yozilmagan. Roys dortmundliklar safida 2012 yildan buyon o'ynab kelmoqda.

"Barchaga salom! Klub bilan shartnomamni 2019 yilga qadar uzaytirdim!" – deb yozadi Roys tvittyerdagi o'z sahifasida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru