Robertson: "Liverpul" so'nggi turda bosimsiz o'ynaydi"

Sherzod Nurmatov
27 okt 2022
"Liverpul" qanot himoyachisi Endryu Robertson jamoasining UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichidagi ishtiroki haqida gapirdi.

Mersisaydlar 5-tur doirasida "Ayaks" ustidan 3:0 hisobidagi yirik g'alabani tantana qilishdi.

"G'alaba yoki durang zarur bo'lgan so'nggi o'yinda qatnashish har doim qiyinchilik tug'diradi. Biz g'alaba qozonib, musobaqaning pley-off bosqichiga ertaroq yo'llanmani qo'lga kirita olganimiz ajoyib bo'ldi. "Liverpul" so'nggi turda hech qanday bosimsiz o'ynaydi", – dedi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, "qizillar" Yurgen Klopp qo'l ostida ketma-ket 6-marta Chempionlar Ligasi pley-offiga chiqishdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com