Roberto Martines: "Belgiya yanada kuchliroq o'ynashga qodir"

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Bosniya va Gertsegovina ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Juda yaxshi o'yinni o'tkazdik. Nafaqat natija, balki ko'rsatgan hujumkor o'yinimizdan ham ko'nglim to'ldi.
Butun uchrashuv davomida yuqori tempni ushlab tura oldik. Yana bir yoqimli tarafi shundaki, ushbu bahsda o'z darvozamizni quruq saqlay oldik. Bu ham juda muhim. Lekin bu jamoamizning eng yuqori cho'qqisi emas. Belgiya yanada kuchlroq o'ynashga qodir.


Manba: sports.ru