Roberto Manchini: “Natijadan xafamiz”

Italiya terma jamoasi ustozi Millatlar Ligasi 1-turida Bosniya va Gertsegovina termasiga qarshi bahsdan (1:1) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Oxirigacha kurashdik. Vaziyatlarga ham ega bo'ldik. Albatta, natijadan xafamiz. Ammo hal qiluvchi vaziyatlarda aniqlik yetishmadi. Bizning g'alabali ceriyamiz qachondir tugashi kerak edi baribir ham. Biz uning mag'lubiyat bilan emas, balki durang bilan tugaganidan xursandmiz”, - deydi Manchini.

Eslatib o'tamiz, Italiya Millatlar Ligasi doirasida navbatdagi bahsni Niderlandiyaga qarshi o'tkazadi.


Manba: UEFA